Ozarbayjonlik paralimpiya chempioni to‘liq ko‘ruvchan ekani aniqlandi va umrbod chetlatildi
Paradjudo chempionining ko‘zi ochildi: to‘liq ko‘ruvchan ayol sportchi umrbod musobaqalardan chetlatildi. Ozarbayjonlik paradzyudochi, Tokio-2020 Paralimpiadasi chempioni Shaxana Hojieva jahon chempionati oldidan o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvdan o‘ta olmadi. 24 yoshli sportchining to‘liq ko‘ruvchan ekani ma’lum bo‘ldi va unda hech qanday ko‘rish imkoniyati bo‘yicha cheklovlar kuzatilmadi.
Natiajada Hojieva butun umri uchun paralimpiya musobaqalaridan chetlatildi. Shunga o‘xshash holat boshqa ozarbayjonlik dzyudochi — avval to‘liq ko‘rmaydi deb hisoblangan Elnara Nizamlida ham yuz berdi.
Ozarbayjon Paralimpiya qo‘mitasi ma’lum qilishicha, Parij-2024 Paralimpiadasi oldidan sportchilarni toifalarga ajratish tartibi qayta ko‘rib chiqilgan va ayrim kasalliklar tasnifdan chiqarilgan.
Shaxana Hojieva — Paralimpiya-2020 chempioni, Yevropa chempioni, jahon chempionatida kumush va ikki bor bronza medali sohibi hisoblanadi.