locale OZ

Ozarbayjon Kurash Federatsiyasi Olimpiya o‘yinlarida jami 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan Muhammad Banna bilan shartnoma imzoladi

Yunon-rum kurashi bo‘yicha milliy terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ozarbayjon Kurash Federatsiyasi Olimpiya o‘yinlarida jami 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan Muhammad Banna bilan shartnoma imzoladi
photo: Kurash Uzbekistan

Ozarbayjon Kurash Federatsiyasi Olimpiya o‘yinlarida jami 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan Muhammad Banna bilan shartnoma imzoladi. Milliy terma jamoaning katta murabbiyi lavozimiga Nuriddin Rajabov tayinlandi. Murabbiylar shtabiga shuningdek Rovshan Bayramov, Sabah Sharaiti, Bahruz Hazratipur va Rasul Jazini Dorche ham kiritildi.

Ta’kidlash joizki, Eron terma jamoasi London–2012 Olimpiya o‘yinlarida Muhammad Banna rahbarligida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, Eron kurashi tarixida yangi rekord o‘rnatgan. Ushbu mutaxassis boshchiligida qo‘shni davlat jamoasi Tokio–2020 Olimpiadasida esa 1 ta oltin va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 2011 yilda FILA (hozirgi UWW) tomonidan “Dunyoning eng yaxshi murabbiyi” deb topilgan Banna Eronda “Jasorat” ordeni bilan ham taqdirlangan.

U yunon-rum kurashi tarixidagi eng muvaffaqiyatli va nufuzli bosh murabbiylardan biri hisoblanadi. Bannaning murabbiylik falsafasi tizimlilik, intizom, taktik tafakkur va psixologik barqarorlik tamoyillariga asoslangan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting