locale OZ

OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniriga tayyorgarlik o`zining yakuniy bosqichida

“Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 154 000 yevroni tashkil etuvchi nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniriga tayyorgarlik o`zining yakuniy bosqichida
photo: Dzyudo Uzbekistan

Xabaringiz bor, 27 fevral - 1 mart kunlari poytaxtimiz qatorasiga beshinchi bor “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 154 000 yevroni tashkil etuvchi nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida musobaqa ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. IJF yetakchi mutaxassisi Abdulla Murodov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bosh kotibi Aziz Sobirov, federatsiya raisi o‘rinbosari Zafar Qahramonov va boshqa mas’ullar ishtirok etgan yig‘ilishda OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniriga ko‘rilayotgan tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha belgilangan mas’ul xodimlar musobaqaga ko‘rilayotgan tayyorgarlik bo‘yicha axborot berishdi. Ommaviy axborot vositalari xodimlari va muxlislar uchun yaratilayotgan sharoitlar, transport logistikasi, xorijdan kelayotgan faxriy mehmonlar, shuningdek, referilar, dzyudochilarni kutib olish va mehmonxonalarga joylashtirish, mashg‘ulot zallarini hozirlash kabi masalalar muhokamasi yig‘ilish kun tartibida bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting