Ot sportining uchkurash yo’nalishi bo’yicha kichik o’smirlar, o’smirlar va yoshlar o’rtasida O‘zbekiston chempionati
Markaziy ippodromida ot sportining eng murakkab va tomoshabop yo‘nalishlaridan biri hisoblangan uchkurash bo’yicha kichik o’smirlar, o’smirlar va yoshlar o’rtasida musobaqa boshlandi. Musobaqa 22-25-may kunlari bo‘lib o‘tadi hamda ot yo’rttirish, kross va to’siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.
Bugun musobaqaning birinchi kuni — otlarning majburiy veterinariya ko‘rigi VetCheck bo‘lib o‘tdi. Barcha otlar veterinariya nazoratidan muvaffaqiyatli o‘tib, musobaqaning keyingi bosqichlariga qo‘yildi.
Ertaga esa sportchilar uchkurashning birinchi yo‘nalishi — ot yo’rttirish bo’yicha bahslarini boshlaydi.
Musobaqa dasturi:
• 23-may — ot yo’rttirish 09:30
• 24-may — kross 09:30
• 25-may — soat 07:00 da otlarning takroriy VetCheck veterinariya ko‘rigi, soat 8:00 da esa to‘siqlardan sakrash (konkur) bahslari bo‘lib o‘tadi
Uch kun davomida sportchilar uch yo‘nalish bo‘yicha o‘z mahorati, chidamliligi va ot bilan uyg‘unligini namoyish etib, g‘oliblik uchun kurash olib boradilar.