Ot sportining to'siqlardan sakrash turi bo'yicha kattalar o'rtasida yakkalik-jamoaviy O'zbekiston chempionati
Ot sportining to'siqlardan sakrash turi bo'yicha kattalar o'rtasida yakkalik-jamoaviy O'zbekiston chempionati.
2026-yil 1–4-aprel kunlari Universal Horses Stableda kattalar o‘rtasida ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa yakkalik-jamoaviy yo‘nalishda tashkil etilib, mamlakatimizning eng kuchli chavandozlari hamda ularning otlarini jamlagan mavsumning eng muhim sport tadbirlaridan biri hisoblanadi.
Bugun, 1-aprel kuni chempionatning birinchi kuni bo‘lib, musobaqalar boshlanishidan avval otlar majburiy veterinariya ko‘rigidan o‘tkazildi. Musobaqaga olib kelingan barcha otlar ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Mazkur veterinariya ko‘rigi majburiy hisoblanib, sportchilar va otlar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek otlarning chempionat davomida ishtirok etishga to‘liq tayyorligini kafolatlaydi.