locale OZ

Ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) turi bo‘yicha “Biznes na Kone” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Xurshidbek Alimjanov 145 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) turi bo‘yicha “Biznes na Kone” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi
photo: ot sporti

2025 yilning 12 sentyabr kuni Moskva viloyatida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) turi bo‘yicha nufuzli “Biznes na Kone” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi faxrli ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdi.


Xususan, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Xurshidbek Alimjanov 145 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida yuksak mahorat va professional tayyorgarlik namoyon etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.


Ushbu yutuq nafaqat sportchimiz, balki butun O‘zbekiston ot sporti rivojlanishidagi muhim bosqichlardan biri bo‘lib, xalqaro maydonda yurtimiz bayrog‘ining yana bir bor baland ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting