Ot sporti. Yevrosiyo ligasi Jahon kubogining to‘rtinchi saralash bosqichi bo'lib o'tadi
28–31 may kunlari Ostona 🇰🇿shahrida xalqaro ot sporti musobaqalari — ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo’yicha FEI Yevrosiyo ligasi Jahon kubogining to‘rtinchi saralash bosqichi CSI1*-W, shuningdek, ot yo’rttirish (viyezdka) bo’yicha CDI3* xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.
Ushbu nufuzli xalqaro musobaqalarda turli mamlakatlardan sportchilar, jumladan O‘zbekiston🇺🇿 terma jamoasi ham ishtirok etadi. Chavandozlar to‘siqlardan sakrash bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida mamlakat sharafini himoya qilib, reyting ochkolari hamda xalqaro maydonda yuqori natijalar uchun kurash olib boradilar.
Bunday darajadagi turnirning o‘tkazilishi mintaqada ot sporti rivoji uchun muhim voqea bo‘lib, Markaziy Osiyo hamda xorijning eng kuchli sportchilarini jamlaydi.