Ot sporti. Xurshidbek Alimjanov — «Tatariston Respublikasi Raisi so’vrini» musobaqasining ilk kunida g‘olib!
O‘zbekistonlik chavandoz turnirning ilk kunini oltin medal bilan yakunladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Ot sporti Uzbekistan
Xurshidbek Alimjanov — «Tatariston Respublikasi Raisi so’vrini» musobaqasining ilk kunida g‘olib!
29-avgust kuni Qozon 🇷🇺shahridagi xalqaro ot sporti majmuasi «Kazan»da ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo‘yicha «Tatariston Respublikasi Raisi sovrini» xalqaro turniri boshlandi.
Musobaqaning birinchi kunida to‘siqlar balandligi 135 sm bo‘lgan yo’nalishda O‘zbekiston terma jamoa a’zosi Xurshidbek Alimjanov o‘zining Champions League laqabli oti bilan faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Shu tariqa, O‘zbekistonlik chavandoz turnirning ilk kunini oltin medal bilan yakunladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor