locale OZ

Ot sporti. Xurshidbek Alimjanov MINI MASTERS finalida muvaffaqiyatli start oldi

Musobaqaning birinchi kunida Xurshidbek 125 sm balandlikdagi to‘siqlardan iborat yo’nalishda ajoyib natija qayd etib, birdaniga ikki sovrinli o‘rinni egalladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Ot sporti. Xurshidbek Alimjanov MINI MASTERS finalida muvaffaqiyatli start oldi
photo: Ot sporti Uzbekistan

Xurshidbek Alimjanov MINI MASTERS finalida muvaffaqiyatli start oldi

4–6 sentyabr kunlari Moskva shahridagi MAXIMA PARK ot sporti majmuasida ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo‘yicha MINI MASTERS musobaqalar seriyasining 2026-yilgi yozgi mavsumi finali bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli xalqaro musobaqada O‘zbekiston sharafini chavandoz Xurshidbek Alimjanov munosib himoya qilmoqda.

Musobaqaning birinchi kunida Xurshidbek 125 sm balandlikdagi to‘siqlardan iborat yo’nalishda ajoyib natija qayd etib, birdaniga ikki sovrinli o‘rinni egalladi:

1-o‘rin — Xurshidbek Alimjanov — Chaloina

2-o‘rin — Xurshidbek Alimjanov — Lavin

Xurshidbek Alimjanovni muvaffaqiyatli start bilan tabriklaymiz va MINI MASTERS finalining navbatdagi bahslarida omad, ishonchli chiqishlar hamda yangi g‘alabalar tilaymiz!

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting