locale OZ

Ot sporti. Xalqaro turnirda O‘zbekiston chavandozlari yetakchilik qilmoqda

Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Ot sporti. Xalqaro turnirda O‘zbekiston chavandozlari yetakchilik qilmoqda
PHOTO: Telegram

2025 yil 14-15 iyun kunlari Moskva viloyatida joylashgan “Vivat” ot sporti klubida "Biznes ot ustida" xalqaro ot sporti turniriga mezbonlik qilmoqda– Ushbu musobaqada O‘zbekiston chavandozlari yetakchilik qilmoqda!

14-iyun kuni Moskva viloyatidagi KSK “Vivat, Rossiya!” ot sporti majmuasida xalqaro miqyosdagi muhim sport tadbiri – “Biznes ot ustida” nomli ot sporti bo‘yicha konkur turniri boshlandi. Ushbu turnir ot sporti ishqibozlari va professional chavandozlar uchun chinakam sport bayramiga aylandi.

Musobaqaning ilk kunidayoq O‘zbekiston vakillari hayratlanarli natijalar bilan ajralib turdi. Ayniqsa, murakkabligi bilan ajralib turadigan 2 metr balandlikdagi 6 to‘siqli yo‘nalishda quyidagi sportchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

1-o‘rin – Erkinov Alisher ("Kondor")
2-o‘rin – Erkinov Alisher ("Etos")
3-o‘rin – Kseniya Xayrullina ("Zvarovski")
4-o‘rin – Begzod Kurbanov ("Kvintus HB")
5-o‘rin – Irina Fedatova ("Hoy Limit")

Turnir 11–15 iyun kunlari davom etadi, unda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan mohir chavandozlar o‘zaro raqobatda kuch sinashmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting