locale OZ

Ot sporti. To‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha CSI2* hamda CSIYH1* toifadagi nufuzli xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda

Musobaqa davomida sportchilar marra vaqtiga va to‘siqlardan o‘tish aniqligiga ko‘ra baholanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. To‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha CSI2* hamda CSIYH1* toifadagi nufuzli xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda
photo: Ot sporti Uzbekistan

2025 yil 27–30 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida joylashgan Al Bahiyya International Equestrian Arena majmuasida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha CSI2* hamda CSIYH1* toifadagi nufuzli xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Mazkur musobaqa jahon darajasidagi eng kuchli chavandozlar ishtirok etadigan, zamonaviy talablarga to‘liq moslashtirilgan maydonlarda uyushtiriladigan yirik xalqaro turnirlardan biri hisoblanadi. Musobaqa davomida sportchilar marra vaqtiga va to‘siqlardan o‘tish aniqligiga ko‘ra baholanadi.

O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi ushbu musobaqada quyidagi tarkib билан ishtirok etmoqda:
Gaziev Bahromjon
Kurbanov Bekzod
Abdullayev Abdurahmon
Abdullayev Feruz

Sportchilarimiz musobaqaning turli bosqichlarida o‘z mahoratini namoyish etish orqali xalqaro reyting ochkolarini qo‘lga kiritish hamda 2028 yilgi yirik xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etish — xususan, litsenziya jarayonida muhim uchrashuvlarni muvaffaqiyatli yakunlashni maqsad qilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting