Ot sporti. Sharjah Nation Cup musobaqasi yakunlandi
Sharjah Nation Cup musobaqasi yakunlandi.
BAA davlatining Sharja shahrida 29 yanvar – 1 fevral kunlari ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro Sharjah Nation Cup musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
FEI tomonidan tasdiqlangan mazkur nufuzli turnir doirasida CSIO4*, CSI1* (indoor), CSIYH1* (outdoor), CSIOY (outdoor), CSIOJ (indoor) hamda CSIOCh (indoor) toifalarida bahslar tashkil etildi. Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan kuchli chavandozlar ishtirok etdi.
Ushbu xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham munosib ishtirok etib, bir qator bahslarda TOP-10 natijalarini qayd etdilar. Chavandozlarimiz yuqori raqobat sharoitida o‘z mahorati, tayyorgarligi va jangovar ruhini namoyon etishdi.
Sharjah Nation Cup turniri O‘zbekiston terma jamoasi uchun xalqaro tajribani yanada oshirish, kelgusi musobaqalar oldidan muhim sinov maydoni bo‘lib xizmat qildi.
Terma jamoamizga ko‘rsatilgan munosib ishtiroki bilan tabriklaymiz hamda kelgusi startlarda yanada yuqori natijalar tilaymiz!