locale OZ

Ot sporti. Sharjah FEI Group VII Final – Young Horses & CSI3* musobaqasi rasman yakunlandi

CSI3* toifasi, to‘siqlar balandligi 125 sm — Bekzod Kurbanov yo’nalishni ishonchli tarzda bosib o‘tib, 5-o‘rinni egalladi va turnirdagi ishtirokni yakunladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. Sharjah FEI Group VII Final – Young Horses & CSI3*
photo: Ot sporti Uzbekistan

2026-yil 5–8-fevral kunlari BAA davlatining Sharja shahrida xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) tomonidan tasdiqlangan yillik kalendar rejasiga asosan Sharjah FEI Group VII Final – Young Horses & CSI3* gran-pri musobaqasi rasman yakunlandi.

1-kun — 6-fevral.
CSI3* toifasi, to‘siqlar balandligi 125 sm — Baxromjon Gaziyev 5-o‘rinni egalladi.
Shu kuni CSI3* toifasida 145 sm balandlikdagi yo’nalishda Bekzod Kurbanov muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2-kun — 7-fevral.
CSI3* toifasi, to‘siqlar balandligi 120 sm — Baxromjon Gaziyev barqaror chiqish bilan musobaqani 5-o‘rinda yakunladi.

3-kun — 8-fevral.
CSI3* toifasi, to‘siqlar balandligi 125 sm — Bekzod Kurbanov yo’nalishni ishonchli tarzda bosib o‘tib, 5-o‘rinni egalladi va turnirdagi ishtirokni yakunladi.

Musobaqa yakunlari O‘zbekiston terma jamoasi sportchilarining xalqaro maydondagi raqobatbardoshligi va yuqori sport tayyorgarligini yana bir bor tasdiqladi. Sportchilarimizga kelgusi startlar va navbatdagi xalqaro musobaqalarda omad, ishonchli chiqishlar va yangi yutuqlar tilaymiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting