locale OZ

Ot sporti. Sharjah FEI Group VII Final – CSI3* Grand Prix (150 sm)

Musobaqaning ikkinchi kuni — 7-fevral kuni CSI3* toifasidagi eng nufuzli yo‘nalishlardan biri — Grand Prix bahslari bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. Sharjah FEI Group VII Final – CSI3* Grand Prix (150 sm)
photo: Ot sporti Uzbekistan

Musobaqaning ikkinchi kuni — 7-fevral kuni CSI3* toifasidagi eng nufuzli yo‘nalishlardan biri — Grand Prix bahslari bo‘lib o‘tdi. Ushbu toifada to‘siqlar balandligi 150 santimetrni tashkil etdi.

Mazkur yuqori darajadagi bahslarda g‘oliblikni Germaniyaning mashhur chavandozi Christian Ahlmann 🇩🇪 qo‘lga kiritdi. U bugungi kunda dunyoning TOP-10 eng kuchli chavandozlari qatoridan joy olgan bo‘lib, agar ot sportini futbol bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, uni bemalol “ot sportidagi Ronaldo” deb atash mumkin.

Musobaqa yakunida taqdirlash marosimini 🇺🇿O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi prezidenti Gaziyev Baxromjon Valiyevich o‘tkazdi. Ushbu marosim xalqaro sport hamjamiyatida O‘zbekiston ot sportining nufuzini yana bir bor namoyon etdi.

CSI3* Grand Prix bahslari yuqori sport mahorati, keskin raqobat va tomoshabinlar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting