locale OZ

Ot sporti. O‘zbekistonlik sportchi Elina Akromova AQShda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada bronza medaliga sazovor bo‘ldi

Mazkur musobaqada O‘zbekiston sharafini mamlakatimiz terma jamoasi a’zosi Elina Akromova himoya qildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. O‘zbekistonlik sportchi Elina Akromova AQShda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada bronza medaliga sazovor bo‘ldi
photo: Ot sporti Uzbekistan

O‘zbekistonlik sportchi Elina Akromova AQShda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

2025 yil 17 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida ot sportining to‘siqlardan sakrash 100 sm balandlikda show jumping yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston sharafini mamlakatimiz terma jamoasi a’zosi Elina Akromova himoya qildi.
Elina Akromova yuqori raqobat va tajribali ishtirokchilar o‘rtasida munosib ishtirok etib, muvaffaqiyatli chiqishlari natijasida uchinchi o‘rinni egalladi hamda bronza medali bilan taqdirlandi.


Ushbu natija sportchimizning xalqaro maydondagi muhim yutuqlaridan biri bo‘lib, mamlakatimizda ot sporti rivojiga berilayotgan e’tibor va qo‘llab-quvvatlash samarasidir. Shuningdek, mazkur g‘alaba O‘zbekiston ot sportining jahon sport maydonidagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting