locale OZ

Ot sporti. O‘zbekiston terma jamoasi otlari Yevropaga eson-omon yetib keldi

Qish mavsumida O‘zbekistonning yetakchi chavandozlari odatda mashg‘ulotlar o‘tkazish va musobaqalarda ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklarida faoliyat olib boradi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. O‘zbekiston terma jamoasi otlari Yevropaga eson-omon yetib keldi
photo: Ot sporti Uzbekistan

Qish mavsumida O‘zbekistonning yetakchi chavandozlari odatda mashg‘ulotlar o‘tkazish va musobaqalarda ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklarida faoliyat olib boradi. Bahor fasli kelishi bilan jamoa yana Yevroosiyoga qaytadi.

Joriy yilda Yaqin Sharqdagi harbiy vaziyatning keskinlashuvi sababli BAA hududidan parvozlarni amalga oshirish biroz murakkablashdi. Shunga qaramay, terma jamoa otlarini mamlakatdan xavfsiz olib chiqishga muvaffaq bo‘lindi. Ular avval samolyot orqali Lyuksemburgga yetkazildi, so‘ngra Polshadagi tayyorgarlik bazasiga yo‘l oldi.

Aprel oyida o‘zbekistonlik chavandoz Bekzod Kurbanovni yana muhim safar kutmoqda. Sportchi Jahon kubogi final bosqichiga yo‘llanma oldi. Ushbu nufuzli musobaqa aprel oyining boshida Texasda bo‘lib o‘tadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting