Ot sporti. O‘zbekiston Terma Jamoasi – III Osiyo O‘smirlar O‘yinlariga yo‘l oldi
Joriy yilning 21–31-oktabr kunlari Bahraynning Manama shahrida bo‘lib o‘tadigan III Osiyo O‘smirlar O‘yinlari doirasida, O‘zbekiston ot sporti terma jamoasi vakillari to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida ishtirok etish uchun safarga jo‘nab ketishdi.
Osiyo O‘smirlar O‘yinlari (Asian Youth Games) – bu Osiyo qit’asidagi eng yirik va nufuzli yoshlar sport musobaqalaridan biri bo‘lib, unda 14–17 yoshli iqtidorli sportchilar ishtirok etadi. 2025-yilda ushbu nufuzli musobaqa Bahrayn poytaxti Manamada o‘tkaziladi.
To‘siqlardan sakrash — ot sportining eng murakkab va jozibali yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, sportchilar belgilangan to‘siqlarni ot ustida imkon qadar tez va xatosiz tarzda bosib o‘tishga harakat qilishadi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:
Davronbekov Firdavsbek
Boburjon Valijonov
Sharipov Akbar
Shokirov Dilshod