locale OZ

Ot sporti. O‘zbekiston chavandozlari BAAning Fujayra shahridagi CSI3* musobaqasida ishtirok etadi

Mazkur musobaqada dunyoning bir qator davlatlaridan yetakchi chavandozlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. O‘zbekiston chavandozlari BAAning Fujayra shahridagi CSI3* musobaqasida ishtirok etadi
photo: Ot sporti Uzbekistan

O‘zbekiston chavandozlari BAAning Fujayra shahridagi CSI3* musobaqasida ishtirok etadi.

2025 yil 20–23 noyabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha CSI3* darajasidagi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada dunyoning bir qator davlatlaridan yetakchi chavandozlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Jamoa tarkibidan quyidagi chavandozlar ishtirok etadi:

Kurbanov Bekzod
Abdullaev Feruz
Abdullaev Abdurahmon

Terma jamoamizning ishtiroki xalqaro tajriba orttirish, reyting ochkolarini qo‘lga kiritish hamda O‘zbekistonda ot sporti rivojiga hissa qo‘shish imkonini yaratadi.

Mazkur musobaqada yurtimiz nomidan ishtirok etadigan sportchilarimizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting