locale OZ

Ot sporti. Ostonada konkur bo'yicha FEI World Challenge finali — mavsumning eng yirik xalqaro musobaqalaridan biri bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonlik sportchilarning FEI World Challenge finalida ishtirok etishlari muhim yutuq bo‘lib, milliy chavandozlarning xalqaro maydondagi yuqori tayyorgarlik darajasini tasdiqlaydi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. Ostonada konkur bo'yicha FEI World Challenge finali — mavsumning eng yirik xalqaro musobaqalaridan biri bo‘lib o‘tadi
photo: Ot sporti Uzbekistan

27–31 may kunlari Ostona shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo‘yicha FEI World Challenge finali — mavsumning eng yirik xalqaro musobaqalaridan biri bo‘lib o‘tadi.

Finalda dunyoning 11 mamlakatidan 20 ta sport juftligi ishtirok etadi. Ushbu nufuzli turnirda O‘zbekistonterma jamoasi a’zolari A’zam Talibbayev va Bekzod Rozmuhamedovlar ishtirok etishadi.

O‘zbekistonlik sportchilarning FEI World Challenge finalida ishtirok etishlari muhim yutuq bo‘lib, milliy chavandozlarning xalqaro maydondagi yuqori tayyorgarlik darajasini tasdiqlaydi.

Yaqinlashib kelayotgan ushbu musobaqalar sportchilarga o‘z mahoratini namoyish etish, qimmatli xalqaro tajriba orttirish hamda O‘zbekistonni ot sporti bo‘yicha xalqaro arenada munosib tarzda namoyish etish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting