locale OZ

Ot sporti. Moskvada VII Milliy FKSR AWARDS taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Tadbir mashhur jamoat va sport arboblari, shuningdek, soha rahbarlari ishtirokida o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. Moskvada VII Milliy FKSR AWARDS taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
photo: Ot sporti Uzbekistan

13-fevral kuni Moskva shahrida Rossiya ot sporti federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ot sporti sohasidagi VII Milliy FKSR AWARDS mukofotini topshirish marosimi tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi. Mazkur mukofot an’anaviy tarzda ot sporti hamjamiyati vakillarini birlashtirib, sportchilar, murabbiylar, rahbarlar hamda hududiy tashkilotlarning soha rivojiga qo‘shgan hissasini e’tirof etadi.

Tadbir mashhur jamoat va sport arboblari, shuningdek, soha rahbarlari ishtirokida o‘tdi. Bu esa mazkur mukofotning butun ot sporti hamjamiyati uchun naqadar muhim ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Marosimda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi vakillari — Shohruh Parpiyev hamda Umidjon Xusanov ishtirok etib, taqdirlash marosimida qatnashdilar.

VII Milliy FKSR AWARDS mukofoti yana bir bor yuqori saviyada tashkil etilganini namoyon etib, ot sportini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim tadbirlardan biri ekanini tasdiqladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting