locale OZ

Ot sporti. Milliy terma jamoalarni shakllantirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi rahbariyati yig‘ilish davomida Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik olib borish uchun oldindan o’ziga rejalar qilib oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. Milliy terma jamoalarni shakllantirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
photo: Ot sporti Uzbekistan

2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ot sportining ot yo’rttirish, to‘siqlardan sakrash va uchkurash yo‘nalishlari bo‘yicha milliy terma jamoalarni shakllantirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi rahbariyati yig‘ilish davomida Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik olib borish uchun oldindan o’ziga rejalar qilib oldi.

Mazkur uch yo’nalish bo’yicha kerakli yo’l haritalar ishlab chiqildi va oldimizda turgan Osiyo o’yinlarigacha bo’lgan xalqaro musobaqalarda, Osiyo o’yinlarida ishtirok etish uchun beradigan xalqaro kvalifikatsiya musobaqalarida chavandozlarimiz shtirok etishlari rejalashtirildi. Shuningdek, ot yo’rttirish, to‘siqlardan sakrash va uchkurash yo‘nalishlari bo‘yicha terma jamoalarning asosiy hamda zahira tarkiblari shakllantirilib, ular yuzasidan muhokamalar olib borildi va ularga kerakli vazifalar berildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting