locale OZ

Ot sporti. Mamajon Ismoilov xotirasiga bag'ishlangan ot sporti bo'yicha O'zbekiston kubogi musobaqasi boshlandi

5-noyabr kuni musobaqaning dastlabki kuni bahslari yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. Mamajon Ismoilov xotirasiga bag'ishlangan ot sporti bo'yicha O'zbekiston kubogi musobaqasi boshlandi
photo: Ot sporti Uzbekistan

Mamajon Ismoilov xotirasiga bag'ishlangan ot sporti bo'yicha O'zbekiston kubogi musobaqasi boshlandi.

Buxoro viloyatida joylashgan Milliy gvardiya Chavandozlar maktabida ot sportining “Uchkurash” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazilmoqda. Mazkur musobaqa ot sporti rivojiga katta hissa qo‘shgan sport ustasi Mamajon Ismoilov xotirasiga bag‘ishlangan.

5-noyabr kuni musobaqaning dastlabki kuni bahslari yakunlandi. Ungacha otlar ko‘rigi abetdan keyin o‘tkazildi. Bellashuvlarda mamlakatning barcha hududlaridan tashrif buyurgan tajribali va yosh chavandozlar yakkalik tartibida o‘z mahoratlarini namoyish etishmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqa milliy an’analarimizni asrab-avaylash, ot sportiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda iqtidorli chavandozlarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan.

Musobaqa 8-noyabrga qadar davom etadi. Barcha ishtirokchi chavandozlarga omad va yuksak natijalar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting