Ot sporti. Kurbanov Bekzod ishonchli chiqish qilib, musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi,145 sm balandlikda
Abu-Dabi shahridagi Al Bahiyya International Equestrian Arenada 27–30 noyabr kunlari ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha CSI2* va CSIYH1* darajadagi xalqaro musobaqalar davom etmoqda.
Turnir zamonaviy xalqaro talablarga mos maydonlarda o‘tkazilishi va dunyoning yetakchi chavandozlari ishtiroki bilan ajralib turadi.
O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada xalqaro reyting ochkolarini qo‘lga kiritish hamda 2028 yilgi yirik sport tadbirlarining litsenziya jarayonidagi muhim bosqichlarni muvaffaqiyatli yakunlash maqsadida ishtirok etmoqda.
29 noyabr kungi bahslarda jamoamiz a’zosi Kurbanov Bekzod ishonchli chiqish qilib, musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi,145 sm balandlikda. Ushbu g‘alaba sportchining xalqaro arenadagi o‘sib borayotgan mahoratini tasdiqlaydi.