locale OZ

Ot sporti. Kalba Corniche Park maydonida xalqaro darajadagi nufuzli ot sporti musobaqasi — CSI3* va CSI1* (FEI Jumping) bo‘lib o‘tadi

Mazkur turnir elit musobaqalar sirasiga kiradi va unda ishtirok etish har bir chavandozga nasib etavermaydi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. Kalba Corniche Park maydonida xalqaro darajadagi nufuzli ot sporti musobaqasi — CSI3* va CSI1* (FEI Jumping) bo‘lib o‘tadi
photo: Ot sporti Uzbekistan

2025-yil 18–21-dekabr kunlari BAAning Sharjah amirligi, Kalba shahrida joylashgan dengiz bo‘yidagi mashhur Kalba Corniche Park maydonida xalqaro darajadagi nufuzli ot sporti musobaqasi — CSI3* va CSI1* (FEI Jumping) bo‘lib o‘tadi.

Mazkur turnir elit musobaqalar sirasiga kiradi va unda ishtirok etish har bir chavandozga nasib etavermaydi. Bellashuvlar ochiq maydonda (outdoor) o‘tkazilib, yuqori sport mahorati, katta tajriba va jiddiy tayyorgarlikni talab etadi.

Quvonarlisi, ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etadi:
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari:
Gaziev Bahromjon
Abdullayev Feruz
Sharipov Akbar
Abdullayev Abdurahmon
Kurbanov Bekzod

Dengiz sohilida, xalqaro maydonda ва kuchli raqobat sharoitida o‘tadigan ushbu turnir chavandozlarimiz uchun muhim tajriba va navbatdagi sinov bo‘lishи shubhasiz.

Sportchilarimizga omad, ishonchli chiqishlar va yorqin natijalar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting