locale OZ

Ot sporti. Jahon chempionatiga yana bir yo‘llanma qo‘lga kiritildi: Sopotdagi musobaqa yakunlandi

14-iyun kuni Polshaning Sopot shahrida ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo‘yicha CSI1* va CSIO4* toifalaridagi xalqaro musobaqalar yakuniga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. Jahon chempionatiga yana bir yo‘llanma qo‘lga kiritildi: Sopotdagi musobaqa yakunlandi
photo: Ot sporti Uzbekistan

14-iyun kuni Polshaning Sopot shahrida ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo‘yicha CSI1* va CSIO4* toifalaridagi xalqaro musobaqalar yakuniga yetdi.

Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdullayev Feruz BALOUKATO laqabli otida 125 sm balandlikdagi to‘siqlar o‘rnatilgan CSI1* toifada ishtirok etdi. Kuchli raqobat ostida kechgan bahslarda sportchimiz munosib ishtirok etib, 11-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, shu kuni Abdullayev Abdurahmon CABALLONE laqabli otida to’siqlar balandligi 160sm bo’lgan CSIO4* Gran-pri yo’nalishida qatnashdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, hamyurtimiz eng kuchli 20 nafar chavandoz qatoridan joy olib, 18-o‘rinni band etdi.

Shu tariqa, Sopot shahridagi xalqaro musobaqalar O‘zbekiston vakillari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Musobaqaning eng muhim natijalaridan biri Abdullayev Abdurahmonning jahon chempionatiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. Mazkur chempionat joriy yilning avgust oyida Germaniyaning Axen shahrida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Bekzod Kurbanov ham jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Endilikda Axendagi jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini ikki nafar sportchi — Bekzod Kurbanov va Abdullayev Abdurahmon himoya qiladi.

Sportchilarimizni muvaffaqiyatli ishtirok bilan tabriklaymiz va bo‘lajak jahon chempionatida ularga omad tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting