locale OZ

Ot sporti. H.H. Sharjah Ruler Cup 2026

Musobaqa doirasida CSI2* va CSI5* toifalaridagi yo‘nalishlar tashkil etiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. H.H. Sharjah Ruler Cup 2026
photo: Ot sporti Uzbekistan

19–22-fevral kunlari Sharjah shahrida (Birlashgan Arab Amirliklari) ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqa — H.H. Sharjah Ruler Cup 2026 bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa doirasida CSI2* va CSI5* toifalaridagi yo‘nalishlar tashkil etiladi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan sportchilar ishtirok etib, turnir yuqori raqobat va xalqaro miqyosdagi nufuzli start sifatida e’tirof etiladi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi:
• Baxromjon Gaziyev
• Abdullayev Feruz
• Kurbanov Bekzod
• Abdullayev Abdurahmon
• Sharipov Akbar

Bunday darajadagi musobaqada qatnashish sportchilarimiz uchun muhim xalqaro tajriba va o‘z mahoratini nufuzli maydonda namoyish etish imkoniyatidir.

Terma jamoamizga ishonchli chiqishlar va munosib natijalar tilaymiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting