locale OZ

Ot sporti. FEI Jumping World Challenge Final 2025 jahon chempionati bo‘lib o‘tadi

Sharipov Akbarning jahon finalidagi qatnashuvi O‘zbekiston ot sportining xalqaro maydondagi faolligi va raqobatbardoshligini yana bir bor namoyish etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. FEI Jumping World Challenge Final 2025 jahon chempionati bo‘lib o‘tadi
photo: Ot sporti Uzbekistan

2025-yil 25–30 noyabr kunlari Afrika qit’asining Senegal davlati, Dakar shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishi bo‘yicha yirik xalqaro musobaqa — FEI Jumping World Challenge Final 2025 jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Ushbu nufuzli musobaqa Fédération Équestre Internationale (FEI) tomonidan tashkil etilib, dunyoning eng kuchli chavandozlarini bir maydonga jamlaydi.

O‘zbekiston terma jamoasi nomidan mazkur chempionatda yurtimizning iqtidorli chavandozi Sharipov Akbar ishtirok etadi.

Sharipov Akbarning jahon finalidagi qatnashuvi O‘zbekiston ot sportining xalqaro maydondagi faolligi va raqobatbardoshligini yana bir bor namoyish etadi. Musobaqa davomida sportchimizning yuqori natijalar qayd etishi va mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishi kutilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting