locale OZ

Ot sporti. Buxoroda Uchrkurash bo'yicha O'zbekiston kubogi yakunlandi

Musobaqa yakunida g‘oliblar Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan ham munosib ravishda taqdirlandilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. Buxoroda Uchrkurash bo'yicha O'zbekiston kubogi yakunlandi
photo: Ot sporti Uzbekistan

2025-yil 5–8 noyabr kunlari Buxoro shahrida joylashgan Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi maydonida sport ustasi Mamajon Ismoilov xotirasiga bag‘ishlangan ot sportining “Uchkurash” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalarda Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlaridan yetakchi chavandozlar va jamoalar ishtirok etdilar. Sportchilar dressage, kross va to‘siqlardan sakrash yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Tadbir davomida jami 135 nafar tomoshabin, 50 nafar sportchi, 6 nafar murabbiy, 10 nafar hakam, 3 nafar tibbiyot xodimi hamda 18 nafar chavandoz ishtirok etdi.

Musobaqa yuqori sport ruhida, ishtirokchilarning yuksak mahorat va tayyorgarlik darajasida o‘tdi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar Buxoro viloyati hokimligi, Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Milliy gvardiya Buxoro viloyat boshqarmasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Musobaqa natijalari
2★ Uzun format
1-o‘rin Dvoryanskiy Maksim (Chaman)
2-o‘rin — Buriev Asad (Kross)
3-o‘rin Abdullaev Maruf (Oranj Vayt)
2★ Qisqa format
1-o‘rin — Xotambekov Jasur (Jizel)
2-o‘rin — Mirxaydarov Behruz (Kamaro)
3-o‘rin — Raximov Sanjar (Magnoliya)
1★
1-o‘rin — Zaytseva Veronika (Artur 2)
2-o‘rin — Shohliev Bekzod (Kirov)
3-o‘rin — Esonov Abror (Chinor)
1★ Intro
1-o‘rin — Abdurahmonova Medina (Gudman Ji)
2-o‘rin — Ruziyeva Shahzoda (Marta)
3-o‘rin — Oripov Akbar (Melodiya)
Derbi
1-o‘rin — Sodiqova Alisa (Garpus)
2-o‘rin — Sodiqov Erkin (Ta’limxon)

Musobaqa davomida ot sporti ixlosmandlari chavandozlarning yuqori darajadagi chiqishlariga guvoh bo‘ldilar. Tadbir nafaqat sport bellashuvi, balki ot sporti madaniyati va milliy chavandozlik an’analarini targ‘ib etuvchi muhim voqea sifatida ham ahamiyat kasb etdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblar Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan ham munosib ravishda taqdirlandilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting