locale OZ

Ot sporti bo'yicha xalqaro musobaqaning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tadi

Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
PHOTO: Telegram

Xalqaro musobaqaning ikkinchi kuni – 19-aprel
Bugun, 19-aprel, yurtimiz mezbonlik qilayotgan CSI1-W Jaxon kubogi* doirasidagi xalqaro ot sporti musobaqalarining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan tajribali va iste’dodli chavandozlar o‘z mahoratini namoyish etadilar.

Ular O‘zbekistonlik sportchilar bilan yelkama-yelka bellashib, professional tayyorgarlik, matonat va tezlik bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadilar.

Bugungi dastur quyidagicha:
FEI Competition 3 — 125 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash
Texnika va aniqlik sinovidan o‘tuvchi ushbu bosqichda chavandozlardan maksimal e’tibor talab etiladi.

Gran-pri saralash – FEI Competition 4 — 145 sm balandlik
Musobaqaning eng muhim saralash bosqichlaridan biri. Bu bahs yakunida Grand Prix finaliga yo‘llanma oluvchilar aniqlanadi.

Kubok Maxima Masters Eurasia — 145 sm balandlik
Bu yo‘nalish professional sportchilar uchun haqiqiy sinov bo‘lib, g‘oliblik yo‘lida qiyin to‘siqlarni bosib o‘tish lozim.

Osiyo kubogi (AEF Cup) — 115 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash
Yosh sportchilar va yangi nomlar uchun imkoniyat maydoni. Osiyo davlatlaridan kelgan chavandozlar o‘zaro raqobatlashadi.

Bugungi kun ham sport ruhi, jasorat va ot sportining o‘ziga xos go‘zalligini namoyon etuvchi unutilmas lahzalarga boy bo‘lishi shubhasiz. Har bir ishtirokchi o‘zining tayyorgarligi va mahorati bilan tomoshabinlarga yorqin taassurotlar ulashadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting