Ot sporti bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda
2025-yil 13–16 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasida ot sportining uch kurash yo‘nalishi bo‘yicha yakkalik va jamoaviy dasturlar doirasida kattalar o‘rtasida mamlakat chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqa uch kun davom etadi va har kuni sportchilarning turli yo‘nalishlardagi mahoratlari sinovdan o‘tkaziladi:
1-kun – Ot Yo’rttirish (dressage)
2-kun – maydon sinovlari (kross),
3-kun – to‘siqlardan sakrash (konkur).
Mazkur musobaqa sportchilar uchun o‘z bilim, ko‘nikma va jismoniy tayyorgarlik darajasini namoyon etish, shuningdek, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik bosqichida muhim tajriba orttirish imkonini beradi.
Chempionat doirasida yurtimizning turli hududlaridan yetakchi chavandozlar ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu yirik sport tadbiri ot sportining ommalashuvi va professional sportchilarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.