locale OZ

Ot sporti. Bekzod Kurbanovning sport oti Amerika sari yo‘lga chiqdi

Rejaga ko‘ra, ot ertaga AQShga yetib boradi va u yerda musobaqa oldidan yakuniy tayyorgarlik ishlari davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. Bekzod Kurbanovning sport oti Amerika sari yo‘lga chiqdi
photo: Ot sporti Uzbekistan

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, chavandoz Bekzod Kurbanov ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo‘yicha Jahon kubogi finalida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan edi. Mazkur musobaqa 8–12 aprel kunlari AQShning Texas shtatida bo‘lib o‘tadi.

Bugun muhim bosqich boshlandi — Bekzod Kurbanovning sport oti xalqaro safarga yo‘l oldi. Parvoz yo‘nalishi Yevropa orqali amalga oshirilmoqda: Polshadan🇵🇱 Belgiyaga, undan esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Amerika Qo‘shma Shtatlariga🇺🇸.

Rejaga ko‘ra, ot ertaga AQShga yetib boradi va u yerda musobaqa oldidan yakuniy tayyorgarlik ishlari davom etadi.

Bu voqea O‘zbekiston ot sporti uchun muhim ahamiyatga ega. Jahon kubogi finalida ishtirok etish — nafaqat katta yutuq, balki katta mas’uliyat hamdir.

Bekzod Kurbanovga omad, muvaffaqiyatli ishtirok va yuqori natijalar tilaymiz! Barchamiz chavandozimizni qo‘llab-quvvatlaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting