locale OZ

Ot sporti. Bekzod Kurbanov va uning sport oti Matts VG AQShda

Ayni paytda ot majburiy karantin jarayonidan o‘tmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. Bekzod Kurbanov va uning sport oti Matts VG AQShda
photo: Ot sporti Uzbekistan

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Kurbanov, ot parvarishlovchi Muslimbek Akramov hamda sport oti Matts VG Amerika Qo‘shma Shtatlariga muvaffaqiyatli yetib kelishdi.

Ayni paytda ot majburiy karantin jarayonidan o‘tmoqda. Karantin 5-aprelga qadar davom etadi. 5-apreldan boshlab musobaqa oldidan tayyorgarlik mashg‘ulotlari boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi finali 7–12 aprel kunlari AQShning Texas shtati, Fort-Uort shahrida bo‘lib o‘tadi.

Shu tariqa, sportchi, ot parvarishlovchi va ularning sport oti allaqachon manzilda bo‘lib, mavsumning eng muhim startlaridan biriga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting