Ot sporti. Bekzod Kurbanov — Jahon kubogi finalidagi ishonchli chiqish
Joriy yil O‘zbekiston ot sporti tarixida muhim voqea bo‘ldi — Bekzod Kurbanov ilk bor bir yilda eng yirik xalqaro musobaqalarga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Sportchi o‘zining birinchi yo‘llanmasi orqali AQShning Texas shtati, Dallas shahrida bo’lib o‘tayotgan Jahon kubogi finalida ishtirok etmoqda.
9-aprel kuni boshlangan musobaqada Bekzod Kurbanov Matts VG laqabli oti bilan 160 sm balandlikdagi murakkab marshrutlarda qatnashib, jahonning eng kuchli chavandozlari bilan bir safda munosib kurash olib bordi.
10-aprel kuni (Toshkent vaqti bilan 11-aprel soat 05:00 da) o‘tgan ikkinchi kun bahslarida ham u o‘zini yuqori darajada namoyon etdi.
Bekzod Kurbanov va Matts VG laqabli oti marshrutni aniq, puxta va ishonch bilan bosib o‘tdi. Har bir to‘siqqa kirish, burilishlar va masofalar professional darajada bajarildi. Bu esa uning texnik tayyorgarligi va musobaqa tajribasi yuqori ekanini yana bir bor isbotladi.
Ikkinchi kun yakunlariga ko‘ra g‘oliblar:
Kent Farrington — Greya
Eiken Sato — Chadellano JRA
Kevin Staut — Visconti du Telman
Shuningdek, joriy mavsumda Bekzod Kurbanov yana bir ulkan natijaga erishib, 🇩🇪Germaniyaning Axen shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
Bu natijalar O‘zbekiston ot sporti yangi bosqichga ko‘tarilayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda.