locale OZ

Ot sporti. Bekzod Kurbanov AQShda bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogi finalida ishtirok etadi

Sportchi finalda qatnashish uchun rasmiy litsenziyani qo‘lga kiritgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. Bekzod Kurbanov AQShda bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogi finalida ishtirok etadi
photo: Ot sporti Uzbekistan

7–12-aprel kunlari AQShning Texas shtatida ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo‘yicha Jahon kubogi finali — xalqaro darajadagi eng nufuzli musobaqalardan biri bo‘lib o‘tadi.

Ushbu nufuzli turnirda dunyoning eng kuchli sportchilari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi vakili Bekzod Kurbanov ham ishtirok etadi. U finalda qatnashish uchun rasmiy litsenziyani qo‘lga kiritgan.

E’tiborlisi, musobaqada butun dunyodan atigi 36 nafar eng kuchli chavandoz ishtirok etadi. Ushbu ro‘yxatga kirishning o‘zi katta yutuq va sportchining yuqori darajasini tasdiqlaydi. B. Kurbanov ana shunday nufuzli maydonda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan kam sonli sportchilardan biridir.

Sportchimiz ushbu musobaqada O‘zbekistonni xalqaro maydonda munosib tarzda himoya qiladi. Bu esa mamlakatimizda ot sportini yanada rivojlantirish hamda uning xalqaro nufuzini mustahkamlash yo‘lida muhim qadamdir.

Jahon kubogi finali an’anaviy tarzda ot sporti elitasini jamlaydi. Unda ishtirok etish nafaqat katta sharaf, balki yuqori darajadagi mahorat va puxta tayyorgarlikni talab qiladigan jiddiy sinovdir.

Butun mamlakatimiz sportchimizning ushbu muhim startdagi ishtirokini katta qiziqish bilan kuzatib, uni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting