Ot sporti. Bahromjon Gaziyev CSI3* toifasida TOP-5 talikka kirdi
Sportchi Santos Hippica laqabli oti bilan juftlikda marshrutni ishonchli tarzda bosib o‘tib, barqarorlik, aniqlik va yuqori sport mahoratini namoyish etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Ot sporti Uzbekistan
Bahromjon Gaziyev CSI3* toifasida TOP-5 talikka kirdi.
Musobaqaning ikkinchi kuni, 7-fevral sanasida, BAA davlatining Sharja shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro turnir doirasida CSI3* toifasida Bahromjon Gaziyev muvaffaqiyatli ishtirok etib, ushbu toifada qatnashgan 85 nafar sportchi-ot juftliklari orasida beshinchi o‘rinni egalladi.
Sportchi Santos Hippica laqabli oti bilan juftlikda marshrutni ishonchli tarzda bosib o‘tib, barqarorlik, aniqlik va yuqori sport mahoratini namoyish etdi.
Bahromjon Gaziyevni ushbu munosib natija bilan tabriklaymiz hamda keyingi startlarda omad, ishonchli chiqishlar va yangi sport yutuqlarini tilab qolamiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor