Ot sporti. Bahromjon Gaziyev Abu-Dabidagi musobaqada birinchi o‘rinni egalladi!
11–15 fevral kunlari Abu-Dabida nufuzli xalqaro CSI5* ot sporti musobaqasi rasmiy tarzda boshlandi. Ushbu musobaqalar dunyodagi eng muhim va nufuzli turnirlardan biri bo‘lib, dunyoning eng yaxshi chavandozlarni to‘plab, ishtirokchilarning mahoratini xalqaro maydonda sinash imkonini beradi.
Bizning otlarimiz majburiy vet-chekdan muvaffaqiyatli o‘tdi, bu ularning yuqori tayyorgarligi va sog‘lig‘i mukammal ekanligini tasdiqladi. Bu esa musobaqalarda xavfsizlikni kafolatlaydi.
O’zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi, Bahromjon Gaziyev, CSI2* Al-Khail Square Cup toifasida birinchi o‘rinni egalladi. To‘siqlar balandligi 130 sm bo‘lib, uning mahorati, aniqligi va tezligi barcha raqiblarni ortda qoldirishga imkon berdi.
Ushbu musobaqada Germaniya, AQSh, Italiya, Braziliya, Gretsiya va boshqa davlatlardan kelgan 60 dan ortiq kuchli chavandozlar ishtirok etdi. Bahromjon Gaziyevning g‘alabasi jamoamiz uchun haqiqiy yutuq bo‘ldi va O‘zbekistonning xalqaro maydonda yuqori darajadagi raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqladi.
Bu g‘alaba nafaqat sportchilarimiz va otlarimizning yuqori tayyorgarligini tasdiqlaydi, balki yangi ishtirokchilar va kelajak avlodni ilhomlantiradi. Biz faxr bilan ayta olamizki, O‘zbekiston yana bir bor xalqaro maydonda yuqori natijalar bilan nomini keng tarqatdi!