Ot sporti. Bahromjon Gaziev marshrutni ishonchli va aniq tarzda bosib o‘tib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Sharja amirligining Kalba shahrida nufuzli xalqaro CSI3* musobaqasi boshlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Ot sporti Uzbekistan
18-dekabr kuni Sharja amirligining Kalba shahrida nufuzli xalqaro CSI3* musobaqasi boshlandi. Dengiz bo‘yida o‘tkazilayotgan ushbu turnir ot sportining eng kuchli chavandozlarini jamlagan elita musobaqalardan biri hisoblanadi.
Musobaqaning birinchi kunida 125–130 sm balandlikdagi to‘siqlar bilan o‘tkazilgan marshrutda O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etdi:
Bahromjon Gaziev marshrutni ishonchli va aniq tarzda bosib o‘tib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Akbar Sharipov ham yaxshi natija ko‘rsatib, kuchli raqobat ostida 5-o‘rinni egalladi.
Kalbadagi muvaffaqiyatli start O‘zbekiston chavandozlarining xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqladi va turnirning keyingi kunlariga katta umid bag‘ishladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor