locale OZ

Ot sporti. BAAning Al-Ayn shahrida nufuzli xalqaro ot sporti musobaqalari start oldi

Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi chavandozlar va sport otlari ishtirok etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. BAAning Al-Ayn shahrida nufuzli xalqaro ot sporti musobaqalari start oldi
photo: Ot sporti Uzbekistan

25–28-dekabr kunlari Al Ain (BAA) shahrida CSI3-W va CSIYH1** toifalaridagi xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi chavandozlar va sport otlari ishtirok etmoqda.

Mazkur bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham munosib ishtirok etmoqda. Jumladan, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziev
Sharipov Akbar
Kurbanov Bekzod
Abdullayev Feruz
Abdullayev Abdurahmon

yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Al-Ayn shahrida o‘tayotgan ushbu turnir yuqori saviya, kuchli raqobat va professional mahorat bilan ajralib turishi kutilmoqda. O‘zbekiston chavandozlariga musobaqada omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting