locale OZ

Ot sporti. BAA davlati — Sharq ot sportining markazi

Qish mavsumida Birlashgan Arab Amirliklari ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqalarning muhim maydoniga aylanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. BAA davlati — Sharq ot sportining markazi
photo: Ot sporti Uzbekistan

Qish mavsumida Birlashgan Arab Amirliklari ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqalarning muhim maydoniga aylanadi. Aynan shu davrda bu yerda dunyoning yetakchi chavandozlari ishtirok etadigan yuqori darajadagi turnirlar tashkil etiladi.

Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkaziladigan musobaqalar, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar va qishki mavsumning o‘ziga xos jihatlari haqida O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi, xalqaro turnirlarning doimiy ishtirokchisi Bekzod Kurbanov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bekzod Kurbanov — BAA davlatida qishki mavsum haqida

— BAA davlatida ikki besh yulduzli va bitta to‘rt yulduzli musobaqalarda ishtirok etishni rejalashtirganmiz. Shundan so‘ng AQShda 🇺🇸bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogi finalida qatnashaman. Keyin esa O‘zbekistonga qaytib, navbatdagi musobaqalarga tayyorgarlik ko‘raman. Rejalarimiz orasida Aaxenda 🇩🇪o‘tkaziladigan Jahon chempionati hamda Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari ham bor.

Bosh murabbiyimizning ta’kidlashicha, tayyorgarlik ishlari yuqori saviyada olib borilmoqda:

— Hozirda biz Sharja amirligidagi ot sporti markazida mashg‘ulotlar olib boryapmiz. Bu yerda chavandozlar va otlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Albatta, saqlash xarajatlari yuqori — BAA davlatida ozuqa yemlari yetishtirilmaydi, shuning uchun yem-xashak asosan Yevropa va AQShdan olib kelinadi.

Otlarning holatiga alohida e’tibor qaratiladi:

— Otlar uzoq yo‘lni yaxshi ko‘taradi, biroq moslashish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Otxonalarda doimiy ravishda konditsionerlar ishlaydi, shuning uchun kechasi otlar maxsus yopqichlar (paponalar)da saqlanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting