Ot sporti. BAA. Bekzod Kurbanov 145 sm to‘siqlar bo‘yicha bahsda 5-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston chavandozlari 2025-yil 4–7-dekabr kunlari BAAning Buthib shahrida o‘tkaziladigan CSI1* va CSI2 * xalqaro musobaqalarida ishtirok etdi.
2025-yil 4–7-dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarini joylashgan Buthib Xalqaro Ot Sporti Markazida o‘tkazilgan CSI1 * va CSI2* toifali xalqaro sakrash musobaqalarida O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etdi.
Mazkur musobaqalar FEI xalqaro taqvimining muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, jahon reyting ochkolari uchun kurash hamda AQSh–2028 Olimpiya o‘yinlari saralash jarayonida alohida ahamiyatga ega.
7-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan dastur bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Kurbanov 145 sm to‘siqlar bo‘yicha bahsda 5-o‘rinni egalladi.
Chavandozlarimizning asosiy maqsadi – musobaqalarda yuqori natijalar qayd etish, xalqaro reyting ochkolarini qo‘lga kiritish va mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishdir.
Shuningdek, jamoamiz vakillarining Olimpiada litsenziyasi uchun kurashda muvaffaqiyatli ishtirok etishi kutilmoqda.