locale OZ

Ot sporti. Al-Ayn shahridagi xalqaro musobaqalar oldidan otlar ko’rigi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidagi sport otlari otlar ko’rigidan muvaffaqiyatli o‘tib, musobaqalarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. Al-Ayn shahridagi xalqaro musobaqalar oldidan otlar ko’rigi bo‘lib o‘tdi
photo: Ot sporti Uzbekistan

25-dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida o‘tkazilayotgan CSI3-W va CSIYH1** toifalaridagi xalqaro ot sporti musobaqalari oldidan vet-check — sport otlarining veterinariya ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur jarayon davomida musobaqada ishtirok etuvchi otlarning sog‘lig‘i, umumiy holati, harakat faolligi hamda musobaqaga tayyorgarlik darajasi mutaxassislar tomonidan sinchkovlik bilan baholandi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidagi sport otlari otlar ko’rigidan muvaffaqiyatli o‘tib, musobaqalarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Endilikda chavandozlarimiz va sport otlarimizni oldinda mas’uliyatli va murosasiz bellashuvlar kutmoqda. O‘zbekiston terma jamoasiga, chavandozlarimizga va sport otlarimizga musobaqalarda omad, yorqin chiqishlar va yuqori natijalar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting