Ot sporti. Al Ain shahrida CSI3-W xalqaro musobaqalarining ikkinchi kuni davom etdi
Al Ain shahrida bo‘lib o‘tayotgan CSI3* xalqaro ot sporti musobaqalarining bugungi — ikkinchi kuni doirasida chavandozlar Medium Tour dasturi asosida “Six Bar / 6 to‘siq” marshrutida bellashdilar.
Mazkur marshrut 6 ta to‘siqdan iborat bo‘lib, u chavandozlar va sport otlaridan yuqori darajadagi texnik mahorat, aniqlik hamda jismoniy tayyorgarlikni talab etdi. Bellashuvlar keskin raqobat va yuqori sport ruhi ostida o‘tdi.
O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ushbu murakkab marshrutda ham o‘zlarining tayyorgarligi va xalqaro tajribasini namoyon etdilar. Jumladan Abdullayev Feruz 4-o‘rinni qo’lga kiritdi.
Chavandozimizni ushbu natija bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi startlarda yanada yuqori natijalar tilaymiz. Oldinda hali muhim va mas’uliyatli bahslar kutmoqda.