Ot sporti. Abu-Dabi shahrida (BAA) nufuzli xalqaro CSI5* CSI2* musobaqalari davom etmoqda
Musobaqaning ikkinchi kuni — 12-fevral sanasida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi
Bahromjon Gaziyev CSI2* Fatima Bint Mubarak Cup toifasidagi to’siqlar balandlikdagi 130 sm yo‘nalishda ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Kuchli xalqaro raqobat sharoitida qo‘lga kiritilgan ushbu natija sportchimizning yuqori mahorati va professional tayyorgarligini namoyon etdi.
Ma’lumot uchun, CSI5* darajasidagi yo’nalishlar murakkabligi va texnik talablari jihatidan olimpiya o‘yinlari yo‘nalishlariga tenglashtiriladi. Barchamizga ma’lumki, ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi olimpiya sport turlaridan biri hisoblanadi va ushbu darajadagi startlar eng yuqori saviya mezoni sifatida baholanadi.
Sportchimizni munosib natija bilan tabriklaymiz hamda musobaqaning keyingi kunlarida omad tilaymiz!