ot sporti. Abdullayev Abdurahmon to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishida bronza medalini qo'lga kiritdi
Xalqaro turnir Estoniyaning Tallinn shahrida bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: ot sporti
2025-yil 5-oktyabr kuni Estoniyaning Tallinn shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro ot sporti musobaqasining final bosqichida O‘zbekistonlik sportchi Abdullayev Abdurahmon to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishida munosib ishtirok etdi.
Sportchimiz musobaqa davomida 150 sm balandlikdagi to‘siqlarni mohirlik bilan bosib o‘tib, hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi va umumiy natijalarga ko‘ra uchinchi o‘rinni egalladi.
U ushbu natija orqali bronza medali sohibiga aylandi hamda O‘zbekiston ot sporti tarixiga navbatdagi xalqaro muvaffaqiyatni qo‘shdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor