Ot sporti. Abdullah Alsharbatly CSI5* Grand Prix g‘olibi bo‘ldi
O’zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi — Bahromjon Gaziyev ham ishtirok etib, mamlakatimiz yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Ot sporti Uzbekistan
11–14 fevral kunlari xalqaro turnir “Amir’s Sword 2026 - Al Shaqab CSI5*” doirasida yuqori darajadagi ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi musobaqalari o‘tkazilmoqda. Turnirning grand-prisida Saudiya Arabistonlik sportchi Abdullah Alsharbatly ajoyib chiqish qilib, birinchi o‘rinni egalladi va 450.000 € mukofotga sazovor bo‘ldi.
Ushbu nufuzli musobaqada shuningdek, O’zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi — Bahromjon Gaziyev ham ishtirok etib, mamlakatimiz yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.
Abdullah Alsharbatlyni ajoyib g‘alabasi bilan tabriklaymiz va xalqaro maydonda yangi yutuqlar tilaymiz!
Ibrohim Jalolov
Redaktor