locale OZ

Ot sporti. Aaxendagi Jahon Chempionati: O‘zbekiston ot sporti tarixida yangi sahifa

2026-yil 17–23-avgust kunlari Germaniyaning Aaxen shahrida ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. Aaxendagi Jahon Chempionati: O‘zbekiston ot sporti tarixida yangi sahifa
photo: Ot sporti Uzbekistan

2026-yil 17–23-avgust kunlari Germaniyaning Aaxen shahrida ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Dunyoning eng kuchli chavandozlari bir hafta davomida jahon chempioni unvoni uchun balandligi 165 sm gacha bo‘lgan murakkab yo’nalishlarda bellashdilar.

Mazkur musobaqa O‘zbekiston ot sporti tarixida alohida o‘rin egalladi. Chunki ilk bor Jahon chempionatida mamlakatimiz sharafini bir vaqtning o‘zida ikki nafar sportchi himoya qildi — Bekzod Kurbanov — Matts VG hamda Abdurahmon Abdullayev Caballone laqabli otlari bilan ishtirok etdi.

Bu nafaqat sport natijasi, balki tarixiy voqeadir. O‘zbekiston terma jamoa a’zolarining dunyoning eng nufuzli musobaqasida qatnashishi mamlakatimizda ot sporti izchil rivojlanib borayotganining yaqqol isbotidir. Sportchilarimiz jahon arenasida O‘zbekiston bayrog‘ini munosib himoya qilib, milliy ot sporti tarixida yangi sahifa ochdilar.

Ularning ishtiroki kelajak avlod sportchilari uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. Bu yutuq ortida yillar davomida olib borilgan mehnat, tayyorgarlik va fidoyilik mujassam.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Shveysariya vakili Stiv Gerda Dynamix de Belheme laqabli oti bilan jahon chempioni bo‘ldi. Belgiyalik Tibo Spits — Impress-K van’t Kattenheye Z laqabli oti bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Buyuk Britaniya vakili Garri Charles — LT Holst Freda oti bilan bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Bekzod Kurbanov va Abdurahmon Abdullayevning ushbu chempionatdagi ishtiroki O‘zbekiston ot sporti tarixida unutilmas voqea sifatida qoladi. Ular bugun tarix yaratdilar va bu tarix kelajakdagi yanada yirik muvaffaqiyatlar uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting