locale OZ

Ot sporti. 2026-yil yanvar oyidan Toshkent shahri nufuzli xalqaro tadbirlariga mezbonlik qiladi

2026-yil 25–26–27-yanvar kunlari Toshkent shahrida Osiyo Olimpiya Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. 2026-yil yanvar oyidan Toshkent shahri nufuzli xalqaro tadbirlariga mezbonlik qiladi
photo: Ot sporti Uzbekistan

2026-yil yanvar oyidan Toshkent shahri nufuzli xalqaro tadbirlariga mezbonlik qiladi.

Xususan, 2026-yil 25–26–27-yanvar kunlari Toshkent shahrida Osiyo Olimpiya Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Mazkur tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va tashkiliy masalalarni muhokama qilish maqsadida joriy yilning 24-yanvar kuni Prezidentning sport masalalari bo‘yicha vakili Abdurahmonov Odil Qalandarovich boshchiligida Zoom platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda sport ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar hokim o‘rinbosarlari, hududiy sport boshqarmalari boshlig’lari, federatsiyalarning vitse-prezidentlari va bosh kotiblari, Sport vaziri o‘rinbosarlari, shuningdek O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Sh. Sultonov hamda bosh kotibi A. Shodixo‘jayev ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Osiyo Olimpiya Kengashi doirasida tashrif buyuradigan nufuzli mehmonlar hamda xalqaro Osiyo federatsiyalari raislari bilan hamkorlik memorandumlari imzolanishi rejalashtirilayotgani qayd etildi.

Ushbu memorandumlarda ilmiy izlanishlar olib borish, o‘quv va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, xalqaro darajadagi mashg‘ulotlar, Osiyo miqyosida yuqori natijalarga erishgan tajribali murabbiylarni jalb qilish, shuningdek O‘zbekistonda ot sporti va boshqa sport turlarini yanada rivojlantirish kabi ustuvor maqsadlar belgilab olindi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting