locale OZ

Ot sporti. 19 noyabr kuni Ot sporti federatsiyasida yil sarhisobi oldi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tadbirda soha rahbarlari, mutaxassislar va turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ullar ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sporti. 19 noyabr kuni Ot sporti federatsiyasida yil sarhisobi oldi yig‘ilishi o‘tkazildi.
photo: Ot sporti Uzbekistan

Yil sarhisobi oldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

19 noyabr kuni Ot sporti federatsiyasida Zamonaviy beshkurash chovken va tuyalar federatsiyasi tentpeging ot ustida kamondan otish va jegitovka federatsiyasi 2025 yilning yil sarhisobi oldi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tadbirda soha rahbarlari, mutaxassislar va turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ullar ishtirok etdi. Yig‘ilishning asosiy maqsadi 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va 2026 yil uchun ustuvor vazifalarni belgilash edi.

Yig‘ilishda Besh kurash, Chovgen, Tengping, Yillikchilik va Ot sporti federatsiyalarining faoliyati ko‘rib chiqildi. Har bir rahbar o‘z sohasi bo‘yicha 2025 yil natijalari, o‘tkazilgan musobaqalar va xalqaro maydondagi yutuqlar haqida ma’lumot berdi, muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

Asosiy qarorlar:
2026 yil kalendar rejalarini ishlab chiqish
Murabbiylar malakasini oshirish va o‘quv-seminarlar tashkil etish
Yoshlar va bolalar orasida sport tadbirlarini ko‘paytirish
Sport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va zamonaviy jihozlar sotib olish
Hududiy bo‘limlar faoliyatini rivojlantirish.

Yig‘ilish yakunida federatsiya raisi B. Gaziev ishtirokchilarga minnatdorlik bildirdi va kelgusi yil vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tadbir sport yo‘nalishlarini rivojlantirish va yosh avlodni sportga jalb qilishga xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting