locale OZ

Ot sport. O‘zbekiston terma jamoa a’zolari Moskvadagi🇷🇺 «MaximaPark» turnirida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston sharafini himoya qilgan chavandozlar muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ot sport. O‘zbekiston terma jamoa a’zolari Moskvadagi🇷🇺 «MaximaPark» turnirida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi
photo: Ot sporti Uzbekistan

15–19-iyul kunlari Moskva shahridagi Maxima Stables ot sporti majmuasida ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo‘yicha “MaximaPark” turnirlar seriyasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan chavandozlar muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

16-iyul kuni:
130 sm balandlikdagi yo‘nalishda Xurshidbek Alimjonov Klassika Star laqabli oti bilan 1-o‘rinni, Nurjan Tuyakboyev esa Komano laqabli oti bilan 2-o‘rinni egalladi.

100 sm balandlikdagi yo‘nalishda Bekzod Rozmuhamedov Sandey Van de Eythuk laqabli oti bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

18-iyul kuni:
125 sm balandlikdagi yo‘nalishda Xurshidbek Alimjonov Chaloina laqabli oti bilan 3-o‘rinni egalladi.

19-iyul kuni:
130 sm balandlikdagi yo‘nalishda Xurshidbek Alimjonov Klassika Star laqabli oti bilan 3-o‘rinni egalladi.

Mazkur natijalar O‘zbekiston chavandozlarining xalqaro maydondagi munosib ishtiroki hamda sportchilarimizning mahorati tobora yuksalib borayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting