locale OZ

Ostona shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha FEI Jahon kubogining 4-bosqich musobaqalari rasman start berildi

Xurshidbek Alimjanov “Champions League” laqabli oti bilan barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ostona  shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha FEI Jahon kubogining 4-bosqich musobaqalari rasman start berildi
photo: Ot sporti Uzbekistan

Bugun Ostona shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha FEI Jahon kubogining 4-bosqich musobaqalari rasman start berildi.

Musobaqaning ilk kunida CSI1*-W dasturi doirasidagi 125 sm balandlikdagi toifada O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Xurshidbek Alimjanov “Champions League” laqabli oti bilan barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.

2-o'rin. Bekzhan Bayzhanuly — “King Diamond”
3-o'rin. Rinat Galimov — “D'Artagnan Z”
4-o'rin. Rinat Galimov — “Kira Van De Laren Z”
5-o'rin. Raissa Sokolenko — “Clue Gold”
6-o'rin. Nurila Turisbekova — “Quibelle Van D’Abelendreef”

Chavandozimizni muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va musobaqalarning keyingi yo’nalishlarida ham omad tilab qolamiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting